Jahon | 21:49 / 10.09.2018
9279
1 daqiqa o‘qiladi

Qozog‘iston oliy rahbariyatida o‘zgarishlar: Ostona hokimi lavozimidan ozod etildi

Qozog‘iston poytaxti Ostona hokimi (akimi) Aset Isekeshev prezident ma'muriyati boshlig‘i etib tayinlangani munosabati bilan o‘z lavozimidan ozod etildi.

Aset Isekeshev. 
Foto: egemen.kz

  Isekeshev Ostona hokimi lavozimiga 2016 yilda tayinlangan. U Adilbek Jaksibekov o‘rnini egallagandi. Jaksibekov esa o‘z navbatida Qozog‘iston prezidenti ma'muriyati boshlig‘i lavozimini egallagandi.

Endi esa Isekeshev pensiya yoshiga yetgani munosabati bilan Qozog‘iston prezidenti ma'muriyati boshlig‘i lavozimidan ozod etilgan Jaksibekov o‘rnini egalladi.

Шуҳрат Раҳимов
Tayyorlagan Шуҳрат Раҳимов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid