Parijda afg‘on millatiga mansub kimsa odamlarga hujum qildi
Parijning 19-okrugida afg‘on millatiga mansub kimsaning pichoq va temir xivich bilan odamlarga hujum qilishi oqibatida 7 kishi jabrlandi. Hujum mahalliy vaqt bilan soat 22:45da sodir etilgan. Bu haqda Le Parisien nashri xabar berdi.
Jinoyatchi dastlab MK2 kinoteatrida odamlarga hujum qilgan. So‘ngra kinoteatr yonida petank o‘yini o‘ynayotganlarga hujum qilgan. Jabrlanuvchilar jinoyatchining e'tiborini chalg‘itishmoqchi bo‘lishgan. Shundan keyin afg‘on Anri Noger ko‘chasida ikki britaniyalik sayyohga hujum qilgan. BFM TV telekanalining ma'lum qilishicha, 5 jabrlanuvchi shifoxonaning jonlantirish bo‘limiga yetkazilgan.
Ta'kidlanishicha, politsiyada ushbu hujum terakt bo‘lganiga dalillar yo‘q.
23 avgustda ham shunga o‘xshash voqea Parij yaqinidagi Trapp kommunasida sodir bo‘lgan. Pichoq bilan qurollangan erkakning hujumi oqibatida 2 ayol halok bo‘lgan, bir erkak jiddiy jarohat olgan. Hujum uchun javobgarlikni IShID o‘z zimmasiga olgan, biroq uning jinoyat bilan aloqadorligi isbotlanmagan. Ma'lum qilinishicha, jinoyatchi Fransiyaga xavf soluvchi shaxslar ro‘yxatida hisobda turgan.
Mavzuga oid
09:30 / 25.10.2024
Livanga yordam berish uchun Parijda taxminan 1 mlrd yevro yig‘ildi
22:36 / 24.10.2024
Parijdagi Notr-Dam soboriga kirish pulli bo‘ladi
09:30 / 09.09.2024
Parijda Paralimpiya o‘yinlari yakunlandi. Xitoy birinchi, O‘zbekiston - 13-o‘rinda
08:40 / 29.08.2024