08:54 / 11.09.2018
9551

AQSh kosmosda foydali qazilmalarni qazib olmoqchi

Foto: NASA

Sayyoramizdagi foydali resurslarning miqdori, afsuski, cheklangan. Va ertami-kechmi ular tugaydi. Ulardan ba'zilarini hozir ham qazib olish 150-200 yil oldingiga qaraganda ancha qiyinroq. Xo‘sh, nima uchun kosmosga e'tibor qaratish kerak emas?

Yaqinda AQSh Geologiya xizmati (USGS) Oyni, Yer yaqinidagi orbitani va yaqin masofadagi kosmosni foydali qazilmalarni qazib olish uchun maqsadida baholashni boshlagani ma'lum bo‘ldi. Kolorado kon-metallurgiya maktabi Kosmik resurslar markazi direktori Enjyel Abbud-Madridning ma'lum qilishicha,

«Kosmik resurslarni qazib olish, USGS'ning Oy, Mars va hatto asteroidlardagi minerallar, metallar hamda boshqa resurslarning joylashishi va qiymati haqidagi ma'lumotlariga asoslanadigan bo‘lsak, juda katta foyda olib keladi. Sayyoramiz atrofida juda ko‘p asteroidlar bor va ularning har birida qimmatbaho materiallar bo‘lishi mumkin. Resurslarni qazib olish kelajakdagi kosmik missiyalarni amalga oshirish va Yer ekologiyasini yaxshilashga yordam beradi».

Hozirgi vaqtda USGS bunday yirik loyihalarni amalga oshirish uchun zarur mablag‘ga ega emas, ammo hozirda kosmik jismlarning qazib olish uchun muvofiqligini baholash bo‘yicha dastur ishlab chiqildi.

«Olingan ma'lumotni foydali qazilmalarni ishlab chiqish va ularni Yerga yetkazish bo‘yicha modellarni yaratishda foydalanish mumkin. Bu sanoatni rivojlantirish uchun asos bo‘lib xizmat qiladi va kosmik jismlardan olingan materiallardan yanada samarali foydalanishga yordam beradi». 

Top