O‘zbekiston | 18:25 / 11.09.2018
22898
2 daqiqa o‘qiladi

Avtomobilga ishonchnomalar vakolatlarni boshqa shaxslarga o‘tkazish huquqi bilan berilishi mumkin

Foto: Sputnik

Transport vositalarini boshqarish va tasarruf etishga vakolatlarni rasmiylashtirish qoidalariga kiritiladigan o‘zgartirishlar muhokamaga qo‘yildi.
 
Norma’ning yozishicha, boshlanishiga 2001 yildan amal qilayotgan 2 ta taqiqni bekor qilish taklif etilmoqda:

• avtomototransport vositalariga nisbatan vakolatlarni boshqa shaxsga o‘tkazish huquqini beruvchi ishonchnomalarni notarial rasmiylashtirishga bo‘lgan taqiq - ayni paytda bu ishonchnoma bo‘yicha jismoniy shaxsga tegishli bo‘lgan transportni boshqaradigan har bir shaxsga ishonchnoma faqat mulkdor tomonidan beriladi;
• O‘zbekiston rezidentlari bo‘lmagan shaxslarga avtomototransport vositalari ijara shartnomalarini notarial rasmiylashtirishga bo‘lgan taqiq – bu taqiq bo‘yicha ayni paytda chet ellik fuqarolar avtomobillarni ijaraga ololmaydilar.
 
Bundan tashqari, yengil avtomobillar va mototransport vositalarini ijaraga berish xizmatlarini ko‘rsatadigan jismoniy va yuridik shaxslar o‘rtasida 30 kungacha bo‘lgan muddatga avtomobilning ijara shartnomasini majburiy notarial tasdiqlash bekor qilinganligi munosabati bilan bunday shartnomalarni YHXDX organlarida hisobga qo‘yish talab etilmasligini belgilovchi aniqlashtirishni kiritish taklif etilmoqda.
 
Loyiha o‘zgartirilishi, unga qo‘shimcha kiritilishi yoki rad etilishi mumkin.

Mavzuga oid