My.gov.uz portalida “Avtotransport boşqaruvi uçun jismoniy şaxslarga taqdim qilingan elektron işonçnomani bekor qiliş” xizmati işga tuşirildi.
Portalning rasmiy kanalida ma’lum qilinişiça, endi mulkdorlar avtotransport boşqaruvi uçun rasmiylaştirgan elektron işonçnomani masofadan turib bekor qiliş imkoniyatiga ham ega.
Xizmatdan foydalaniş uçun my.gov.uz portalidan olingan işonçnomaning seriyasi va raqamini kiritiş kifoya. Xizmat uçun haq olinmaydi.
Bu xizmat orqali faqat my.gov.uz portalida rasmiylaştirilgan elektron işonçnomalarni bekor qiliş mumkin. Notariusda rasmiylaştirilgan işonçnomalarni muddatidan oldin bekor qiliş uçun notarial idoraga murojaat qilinadi.
Eslatib ötamiz, avtomobil uçun QR-kodli elektron işonçnoma rasmiylaştiriş ötgan yili sentabrdan yölga qöyilgan edi. Bunda undiriladigan davlat boji – işonçnoma 1 oygaça muddatga tuzilganda 99 ming söm, 6 oygaça muddatga tuzilganda 495 ming, 3 yilgaça muddatga tuzilganda 990 ming sömni taşkil etadi.
Ma’lumot uçun, 2019 yildan boşlab yaqin qarindoşlarning avtomobilini boşqariş uçun işonçnoma rasmiylaştiriş şart emas deb belgilangan. Biroq, avtomobilni boşqaruvçi şaxs yaqin qarindoş bölgan taqdirda ham u majburiy suğurta polisida körsatilgan bölişi yoki suğurta avtomobilni çeklanmagan şaxslar boşqarişini közda tutgan holda tuzilişi zarur.
2023 yilgi davlat dasturiga asosan, yil oxiriga qadar my.gov.uz portali orqali körsatiladigan davlat xizmatlari soni 370 dan 570 taga köpaytirilişi kerak.











