Vazirlar Mahkamasining “Avtomototransport vositasining mulkdorlari tomonidan avtomototransport vositasini boşqariş va foydalaniş huquqi boşqa şaxsga berilganligi haqida davlat yöl harakati xavfsizligi xizmati organlarini xabardor qiliş tartibini joriy etiş töğrisida”gi qaror loyihasi e’lon qilindi.

Loyiha bilan avtomototransport vositasining mulkdorlari tomonidan özlariga tegişli avtomototransport vositasini boşqariş huquqi boşqa şaxsga ötkazilgani haqida davlat yöl harakati xavfsizligi xizmati organlarini xabardor qiliş töğrisidagi nizomni tasdiqlaş taklif etilmoqda.

Nizomga muvofiq, avtomototransport vositasining mulkdorlari öziga tegişli avtomototransport vositasini boşqariş huquqi boşqa şaxsga, çet el fuqarosi yoki fuqaroligi bölmagan şaxsga işonçnoma orqali ötkazilgani töğrisida Yöl harakati xavfsizligi xizmatini xabardor qilişini Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (YaIDXP) orqali amalga oşiriş taklif etilmoqda.

Bunda, Yöl harakati xavfsizligi xizmatini xabardor qiliş uçun bazaviy hisoblaş miqdorining (BHM) 16 foizi miqdorida yiğim undirilişi, YaIDXP orqali murojaat qilingani uçun belgilangan yiğimning 90 foizi undirilişi hamda “Ijtimoiy himoya yagona reyestri” axborot tizimida röyxatga olingan şaxslarga, şuningdek, I va II guruh nogironligi bölgan şaxslarga band birinçi xatboşisida belgilangan yiğimning 50 foizi miqdorida çegirma qöllanişi belgilanmoqda.

Yöl harakati xavfsizligi xizmatining mas’ul xodimi xabarnoma kelib tuşgandan söng huquqbuzarliklarni qayd etiş tizimiga tegişli özgartirişlar kiritişi, agar murojaatda çet el fuqarosi yoki fuqaroligi bölmagan şaxslar töğrisida ma’lumot mavjudligini aniqlasa, uşbu haqida maxsus integratsiyalaşgan axborot tizimi orqali bojxona organlariga kiritilgan özgartirişlar haqida xabarnoma yuborişi taklif etilmoqda.

YaIDXP orqali yuborilgan xabarnomalar Yöl harakati xavfsizligi xizmatining “Ma’muriy amaliyot” moduliga kelib tuşişi va uşbu modulida tegişliligi böyiça “Notarial tasdiqlangan işonçnoma”, “Karşering” va “Çet el fuqarosi” bloklariga taqsimlanişi belgilanmoqda.

Buning natijasida, avtomototransport vositasini boşqariş huquqini tegişli işonçnoma orqali olgan şaxs, çet el fuqarosi yoki fuqaroligi bölmagan şaxs kelgusida yöl harakati qoidalarini buziş bilan boğliq huquqbuzarlikni sodir etsa huquqbuzarliklarni qayd etiş tizimiga kiritilgan özgartirişlarga asosan ular Ma’muriy javobgarlik töğrisidagi kodeksi 17-1- va 309-1-moddalariga muvofiq javobgarlikka tortilişi belgilanmoqda.