O‘zbekiston | 15:25 / 11.09.2018
48456
2 daqiqa o‘qiladi

GM Uzbekistan ayrim avtomobil modellarining yetkazib berish muddatlarini qisqartirdi

GM Uzbekistan AJ avtomobillarining ishlab chiqarish hajmi oshirilayotgani va ortib borayotgan talabni inobatga olgan holda mijozlar uchun qulaylik yaratish maqsadida dastlabki bosqichda «Lacetti» (1 poz.), «Cobalt» (2 poz.) va «Nexia» (4 poz. AT) avtomobillarini xaridorlarga yetkazib berish muddatini 60 dan 45 ish kunigacha, «Lacetti» (1 poz. GBU bilan) avtomobilini esa 60 dan 40 ish kunigacha qisqartirmoqda. Bu haqda kompaniya xabarida aytiladi.

Qayd etilishicha, bosqichma-bosqich boshqa avtomobil modellarini yetkazib berish muddatlari ham qisqarib, bu haqda qo‘shimcha ravishda xabardor qilib boriladi. 

Kompaniya o‘z xizmatlarini takomillashtirib borishni davom ettirgan holda, faoliyatning zamonaviy modeliga o‘tmoqda, bunda avtomobillarning u yoki bu modeli, butlovchi qismlari va ranglari xaridorlarning talablari asosida shakllantiriladi, deyiladi xabarda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq GM Uzbekistan Captiva ishlab chiqarishni to‘xtatayotgani xabar berilgandi.

Mavzuga oid