«General Motors» kompaniyasining modellar qatorini yangilaş borasidagi global strategiyasiga muvofiq, «Chevrolet Captiva» avtomobilini «GM Uzbekistan» AJ işlab çiqariş quvvatlarida yiğiş yakunlanadi. Bu haqda kompaniya matbuot xizmati xabar berdi.
Qayd etilişiça, şu munosabat bilan uşbu modeldagi avtomobillarni yetkazib beriş böyiça şartnomalarga arizalarni röyxatdan ötkaziş bugundan töxtatiladi.
«GM Uzbekistan» AJ dilerlik korxonalari bilan birgalikda «Chevrolet Captiva» rusumidagi avtomobillarga tuzilgan şartnomalar uçun iste'molçilar oldida özining majburiyatlarini yil oxirigaça töliq yetkazib berilişini ta'minlaydi.
«Chevrolet Captiva» avtomobili mamlakat bozoriga kirib kelganiga roppa-rosa 11 yil töldi. Ilk bor Captiva avtomobilini Özbekistonda yirik tarmoqli yiğiş 2007 yilning oktabr oyidan boşlangan. 2011 yilning sentabr va 2017 yilning fevral oylarida avtomobilning yangilangan modeli çiqarilgan.
Eslatib ötamiz, avvalroq GM Uzbekistan mexanik uzatmali «Spark» işlab çiqarişni 3 barobarga oşirişi xabar berilgandi.

















