Jamiyat | 15:00 / 11.09.2018
37536
4 daqiqa o‘qiladi
Reklama

«Xonobod» sihatgohi - salomatligingiz garovi

Bugungi kunda O‘zbekistonda salomatlikni tiklash va dam olish uchun eng yaxshi maskanlardan biri hisoblangan Xonobod sihatgohi barchani o‘z xizmatlaridan foydalanishga chorlaydi. 

Foto: “Xonobod” sihatgohi
Foto: “Xonobod” sihatgohi

Xonobod – vodiyning go‘zal tabiatli, musaffo havoli, ekoturizm uchun qulay hududi. Bu yerda Siz hordiq chiqarish bilan birga betakror tabiat manzaralaridan zavq olasiz. Sihatgohda mijozlarga yuqori sifatli xizmat ko‘rsatish uchun barcha qulayliklar mavjud. Keng va yorug‘ xonalar eng so‘nggi zamonaviy tibbiyot uskunalari bilan ta'minlangan.

Foto: “Xonobod” sihatgohi
Foto: “Xonobod” sihatgohi
Foto: “Xonobod” sihatgohi

Bu yerda yopiq sport zali, trenajyorlar bilan jihozlangan zallar, yopiq suzish havzasi mavjud. Ochiq sport maydonlarida hatto professional atletlar shug‘ullanishi uchun ham barcha qulayliklar muhayyo.

Foto: “Xonobod” sihatgohi
Foto: “Xonobod” sihatgohi

“Xonobod”da Siz vodiyning eng malakali shifokorlari nazorati ostida bo‘lasiz. Shu bilan birga, jahon standartlariga muvofiq fizioterapiya xonalarida kerakli davolanish muolajalarini olasiz.

Sihatgohda quyidagi xizmat turlari taqdim etiladi:

Sog‘lomlashtiruvchi jismoniy tarbiya – bu maxsus jismoniy mashqlarni qo‘llash asosida davolash, profilaktika va tibbiy reabilitatsiya usullari to‘plami.

Suzish havzasi alohida sog‘lomlashtirish-sport xizmatlarini taklif etish va ommaviy sport tadbirlarini o‘tkazish uchun barcha shart sharoitlarga ega. Suzish bir olam ijobiy kayfiyat bag‘ishlash bilan birga mushaklarni mustahkamlaydi, immunitetni oshiradi.

Fizioterapiya muolajalari – tibbiyotning eng qadimgi davolash va profilaktika yo‘nalishlaridan biri. Fizioterapiya og‘riqni kamaytirish, shish va yallig‘lanishni bartaraf etish uchun mo‘ljallangan samarali davolash usuli hisoblanadi.

Foto: “Xonobod” sihatgohi
Foto: “Xonobod” sihatgohi

Davolovchi vannalar – suvli fizioterapevtik muolaja. Bunda suvning har xil turlaridan foydalaniladi. Chuchuk va mineral suvlar ishlatiladi.

Sharko dushi – qon aylanish tizimining normal ishlashini tiklashda yordam beradi, organizmning himoya tizimini faollashtiradi va bo‘g‘im kasalliklari o‘tishini yengillashtiradi.

Foto: “Xonobod” sihatgohi

Parafin bilan davolash asosida qon va limfa almashinuvi yaxshilanadi, to‘qima almashinuvi darajasi oshadi. Teri oziqlanishi va trofikasi uning cho‘ziluvchan va mayin holatga kelishini ta'minlaydi.

Fitoterapiya – o‘tlar yordamida davolash immunitetni mustahkamlashda, organizmni toksin va shlaklardan tozalashda salmoqli yordam ko‘rsatadi.

Shuningdek, massaj, funksional diagnostika, tor mutaxassislar ko‘rigi, kedr bochkasida parlash kabi qator qo‘shimcha xizmatlar ham bor.

Bundan tashqari, kino zali, ko‘ngilochar dasturlar va ekskursiyalar sihatgohda o‘tkazgan kunlaringizga yanada fayz bag‘ishlaydi.

Manzil: Andijon viloyati, Xonobod shahri, Xontoq ko‘chasi

Telefon: +99871 150 86 86

Telegram: t.me/honododsihatgohi

Sayt: www.xonobod-sihatgoh.uz 

Reklama huquqi asosida