AQSh Eronga «tezkor va qat'iy» javob haqida eslatdi
AQSh tomonining fikricha, Eron Iroqdagi tartibsizliklarga aloqadordir. Qo‘shma Shtatlar agar AQSh fuqarolari Iroq hududida jabr ko‘radigan bo‘lsa, javob qaytarishi haqida ogohlantirdi. Bu haqda Oq uy saytida e'lon qilingan bayonotda aytiladi.
Ta'kidlanishicha, Amerika Qo‘shma Shtatlari Iroqda ro‘y bergan hujumlarga e'tibor qaratgan. Ular mamlakatning Basradagi konsulligi va Bag‘doddagi elchixonasiga qarshi qaratilgani aytiladi. Shu bilan birga, qayd etilishicha, Tehron Iroq hududidagi o‘z «vakillari»ning harakatlariga to‘sqinlik qilmagan hamda mintaqaga qurol yetkazib berish va tayyorlash bo‘yicha ishlarni davom ettirmoqda, shuningdek, moliyaviy yordam ko‘rsatmoqda.
«Qo‘shma Shtatlar Tehrondagi rejimni bizning xodimlarimiz yoki AQSh hukumati infratuzilmasiga zarar yetkazadigan har qanday hujum uchun javobgarlikka tortadi», - deyiladi bayonotda.
Aniqlik kiritilishicha, Vashingtonning javoblari «tezkor va qat'iy» bo‘ladi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Eron prezidenti Hasan Ruhoniy Qo‘shma Shtatlar muntazam ravishda Eronga muzokaralarni boshlash haqida iltimos bo‘lgan xabarlar yuborayotganini ma'lum qilgandi.
Mavzuga oid
15:44
AQShda jarroh robot videoga qarab operatsiya qilishni o‘rgandi
14:22
AQSh: KXDR askarlari allaqachon Ukrainaga qarshi urushda qatnashmoqda
22:03 / 12.11.2024
AQSh hukumati NUJ bo‘yicha ba’zi ma’lumotlarni oshkor qilishi mumkin
16:55 / 12.11.2024