Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Eronda Nobel mukofoti sovrindori Nargiz Muhammadiy qamoqdan ozod etildi
U og‘ir xasta ekani aytilmoqda.
Eron hukumati inson huquqlari faoli, tinchlik bo‘yicha Nobel mukofoti sovrindori Nargiz Muhammadiyni qamoqdan ozod qildi. Sog‘lig‘ining jiddiy yomonlashuvi katta miqdordagi garov evaziga ozodlikka chiqishga asos bo‘ldi. Ayol allaqachon davolanish uchun Tehronga jo‘natilgan, deb yozdi Le Monde.
O‘tgan hafta Muhammadiy tarafdorlari uning o‘lim holatida ekanini ma’lum qildi. Taxminlarga ko‘ra, u ikki marta yurak xurujini boshidan kechirgan.
1990-yillardan boshlab Nargiz Muhammadiy Eronda o‘lim jazosiga, shuningdek, ayollar huquqlarining cheklanishiga qarshi chiqdi. U bir necha marta hibsga olinib, qamoq jazosiga hukm qilindi. 2024 yilda faol salomatligi yomonlashgani sababli qamoqdan ozod qilingan edi. Unga 2026 yil boshida Erondagi ommaviy norozilik namoyishlaridan so‘ng yangi muddat tayinlangan edi.
2023 yilda Nargiz Muhammadiy Tinchlik bo‘yicha Nobel mukofotiga sazovor bo‘ldi. Mukofotni uning farzandlari oldi, chunki o‘zi qamoqda edi.
Mavzuga oid
22:10 / 21.06.2026
Eron Tramp tahdidlaridan so‘ng muzokaralarni davom ettirishdan bosh tortdi
09:32 / 20.06.2026
Bokuda sakkiz nafar Rossiya fuqarosi qamoq jazosiga hukm qilindi
08:55 / 20.06.2026
OAV: Uitkoff Eron bilan muzokaralar uchun Shveytsariyaga yo‘l oldi
22:39 / 19.06.2026