Bosh prokuratura tibbiyot muassasasidagi talon-tarojliklarni fosh etdi
Departamentning Yangiyo‘l shahar bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruv davomida, Yangiyo‘l tumani Tibbiyot birlashmasi sobiq mexanigi M. birlashma hisobida bo‘lgan jami qiymati 74,4 mln. so‘mlik 8 dona «Damas» rusumli avtomashinalarni hisobdan chiqarilganidan so‘ng, tegishli tartibda birja savdolari orqali sotmasdan, hujjatlarni soxtalashtirish yo‘li bilan noqonuniy sotib yuborganligi aniqlangan.
Bu haqda Bosh prokuratura matbuot xizmati xabar bermoqda.
Shuningdek, birlashma mansabdor shaxslari tomonidan davlat byudjyeti hisobidan moliyalashtirilgan smetada nazarda tutilmagan 420,5 mln so‘m pul mablag‘lari ortiqcha sarflanib, byudjyet va smeta-shtat intizomini buzganliklari holati aniqlangan.
Mazkur holatlar yuzasidan Yangiyo‘l tuman Tibbiyot birlashmasi mansabdor shaxslariga nisbatan Jinoyat Kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Mavzuga oid
10:00 / 08.10.2024
Yangiyo‘lda qariyb 275 mln so‘mlik “svet”dan noqonuniy foydalangan MChJ aniqlandi
00:26 / 28.07.2024
Yangiyo‘ldagi dahshatli qotillik. Hodisa joyidan reportaj
18:13 / 27.07.2024
Yangiyo‘l tumanida 5 kishini qasddan o‘ldirishda gumonlanayotgan shaxs ushlandi
12:15 / 27.07.2024