Lavrov AQSh xalqaro ishlarda «musiqaga» monopoliyani yo‘qotganini ma'lum qildi
Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov Sharqiy iqtisodiy forum-2018 doirasida yosh diplomatlar muloqotida chiqish qilib aytishicha, AQShning xalqaro ishlarda «musiqaga buyurtma berish» monopoliyasi yo‘qoldi. Bu holat bir necha asrlar mobaynida davom etgan, deb xabar qilmoqda RIA «Novosti».
«Obektiv tarzda bir necha asr davomida xalqaro ishlarda musiqaga buyurtma bergan va jiddiy qarama-qarshilikka uchramagan hamda hozirda bu monopoliyasi obektiv ravishda yo‘qolib borayotgan davlatni tushunish mumkin. Sababi endi qator yirik mamlakatlar bilan hisoblashmaslikning o‘zi imkonsizdir», - deya aytib o‘tdi Lavrov.
Shuningdek, vazirning aytishicha, bugungi kunda shakllanayotgan jahon tartibi AQSh rahbariyati o‘z xohishiga ko‘ra harakat qilgan va jiddiy qarshilikka uchramagan paytdan katta farq qiladi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Lavrov «zaharlangan» Rossiya-AQSh munosabatlari haqida gapirgandi.
Mavzuga oid
15:44
AQShda jarroh robot videoga qarab operatsiya qilishni o‘rgandi
14:22
AQSh: KXDR askarlari allaqachon Ukrainaga qarshi urushda qatnashmoqda
22:03 / 12.11.2024
AQSh hukumati NUJ bo‘yicha ba’zi ma’lumotlarni oshkor qilishi mumkin
16:55 / 12.11.2024