Rossiya taşqi işlar vaziri Sergey Lavrov Şarqiy iqtisodiy forum-2018 doirasida yoş diplomatlar muloqotida çiqiş qilib aytişiça, AQŞning xalqaro işlarda «musiqaga buyurtma beriş» monopoliyasi yöqoldi. Bu holat bir neça asrlar mobaynida davom etgan, deb xabar qilmoqda RIA «Novosti».
«Obektiv tarzda bir neça asr davomida xalqaro işlarda musiqaga buyurtma bergan va jiddiy qarama-qarşilikka uçramagan hamda hozirda bu monopoliyasi obektiv ravişda yöqolib borayotgan davlatni tuşuniş mumkin. Sababi endi qator yirik mamlakatlar bilan hisoblaşmaslikning özi imkonsizdir», - deya aytib ötdi Lavrov.
Şuningdek, vazirning aytişiça, bugungi kunda şakllanayotgan jahon tartibi AQŞ rahbariyati öz xohişiga köra harakat qilgan va jiddiy qarşilikka uçramagan paytdan katta farq qiladi.
Eslatib ötamiz, avvalroq Lavrov «zaharlangan» Rossiya-AQŞ munosabatlari haqida gapirgandi.












