Jamiyat | 16:40 / 13.09.2018
9513
6 daqiqa o‘qiladi

Gamma-pichoq elementidan bosh miya kasalliklarini davolashda foydalanish

Acıbadem ko‘p yo‘nalishli klinikalar tarmog‘i barcha tibbiy yo‘nalishlar bo‘yicha o‘ta keng xizmatlar ko‘lami tufayli Turkiyada va undan tashqari chet davlatlarda hurmat qilinadigan e'tiborga  sazovor brendga aylandi. 21 ta shifoxona, 16 ta poliklinika va 4 ta davlatni qamrab olish – bu faqat boshlanishidir.

Kattaligiga ko‘ra jahonda ikkinchi o‘rinda turgan Acıbadem ko‘p yo‘nalishli klinikalar tarmog‘i 1991 yilda tuzilgan bo‘lib, eng yangi innovatsion jihozlari va barcha tibbiy yo‘nalishlar bo‘yicha o‘ta keng xizmatlar ko‘lami tufayli Turkiyada va undan tashqarida chet davlatlarda hurmat qilinadigan e'tiborga  sazovor brendga aylandi. 

Foto: Acıbadem

Acıbadem shifoxonalari eng ilg‘or texnologiyalar bilan jihozlanganligini aytib bo‘lib, Acıbadem Altunizade shifoxonasidagi asab jarrohligi neyroxirurgiya mutaxassisi professor Koray Ozduman, Gamma-pichoq davolash jarayoni haqida quyidagi ma'lumotni beradi: “Gamma-pichoq bosh chanoq miya ichidagi kasalliklarni davolash uchun ishlab chiqilgan va yaratilgan muolaja bo‘lib, miyada va suyaklarda, qon tomirlarda ham, miya atrofidagi boshqa to‘qimalarda yuzaga keladigan  buzilishlarni davolash uchun qo‘llanadi. Tananing boshqa qismlarida  yuzaga kelgan turli xil buzilishlarni davolash turli texnologiyalar qo‘llanishni talab qiladi. Odatda u metastatik saraton o‘smalari kabi bosh miyaning yomon turdagi o‘smalarini davolashning birinchi darajali usuli sifatida qo‘llanilayotgan usul  bo‘lib, qo‘shimcha ravishda, gamma-pichoq imkoniyatlari shuningdek bosh miyaning yaxshi sifatli o‘smalarini, arteriovenoz malformatsiyalarni (AVM), funksional buzilishlarni va ko‘z ichidagi o‘smalarni davolashda gamma-pichoq qo‘llaniladi.

Foto: Acıbadem

GAMMA-PIChOQNING AFZALLIKLARI

  • Bosh miya o‘smalarining ko‘pchilik holatlarida ochiq operatsiya jarrohlik aralashuvi zarur bo‘lmaydi.
  • Muolajadan keyin nojo‘ya ta'sir bo‘lishi kamayadi.
  • Umumiy anesteziya zaruriyati yo‘qoladi.
  • Bemorlar davolash o‘tkazilgan kunning o‘zidayoq uyiga qaytishlari mumkin.
  • Tiklanish davri mavjud emas.
  • Muolaja boshda hech qanday yaralarni hosil qilmaydi, iz qoldirmaydi.
  • Boshda sochlar olinmaydi, va sochlar to‘kilishi ham yuz bermaydi.
  • Muolajaning afzalliklari ortib boradi, noqulay jihatlar esa kamayadi.
  • Bosh miyaning sog‘lom to‘qimasi uchraydigan nurlanish miqdori minimal darajada bo‘ladi.

GAMMA-PIChOQ BILAN DAVOLASh BOSQIChLARI

Stereotaksik ramkadan foydalanish:  Leksell stereotaksik ramkasi, davolash o‘ta yuqori aniqlikda va millimetrgacha aniqlik darajasida o‘tkazilishi uchun, bemorning boshiga biriktiriladi bemorga taqiladi. Og‘riqsizlantirish uchun mahalliy anesteziya qo‘llaniladi. Bolalarda bu muolaja anesteziolog ishtirokida, va zarur bo‘lganda, umumiy narkoz ostida amalga oshiriladi.

Foto: Acıbadem

Niqobning qo‘llanishi: Elementli Gamma-pichoq stereotaksik ramkaning o‘rniga niqob bilan davolashni amalga oshirish imkonini beradi. Bu esa davolashni qismlarga bo‘lib, bir necha kun davomida o‘tkazish imkoniyatini beradi. Buning oqibatida, ko‘rish nervlari va miya tuzilmalari kabi sezgir a'zolar samaraliroq himoya qilinadi, chunki ular o‘smaning yonida joylashgan bo‘lishi mumkin. Niqob shuningdek ramkani qo‘llash mumkin bo‘lgan yoki xavfli bo‘lgan holatlarda vaziyatni muvofiq boshqarish imkonini  ta'minlaydi.

Neyroradiologik vizualizatsiya: Ramka biriktirilganidan keyin taqilgach, bemorning patologiyasi uchun mos keladigan vizualizatsiya tizimi qo‘llaniladi. Hozirgi paytda barcha bemorlar MRT muolajasidan o‘tadi. Ba'zi holatlarda esa muolaja MRT qo‘llanmagan holda davolash emas, kompyuter tomografiyasi yordamida bajarilishi  rejalashtiriladi.

Dozalarni rejalashtirish: Rejalashtirish uchun ishlatiladigan kompyuter dasturlarining rivojlanishi va elementning bloklash funksiyasi (Icon) nurlarining normal soglom to‘qimalarga ma'lum burchaklarda salbiy ta'sir etishining oldini olish imkoniyatini yaratadi.

Foto: Acıbadem

Nurlarning kiritilishi: Kompyuterda rejalashtirish jarayonidan keyin, alohida bo‘lim bo‘lgan davolash qismida muolaja o‘tkaziladi. O‘smaning o‘lchamiga va nurlanishning dozalariga qarab, muolajaning davomiyligi 15 daqiqadan 1-2 soatgacha  davom etadi.

Gamma-pichoq yordamida tomografiya: Aniq va xavfsiz davolash uchun, davolanish jarayonining o‘zida tomografiya qilish xususiyati boshning hatto millimetrga harakatini aniqlash imkonini ta'minlaydi.

Bemorni davolash paytida nazorat qilish: Maksimal aniq va samarali davolash uchun, gamma-pichoq elementi (Icon) tomografiya va harakatlanishni infraqizil kuzatish texnologiyasi yordamida davolash jarayonini kuzatadi.

Acıbadem vakolatxonasiga murojaat qilib, til muammosi, safarni tashkil etish va boshqa mamlakat hududidagi jarayon haqida umuman tashvishlanmasangiz bo‘ladi. Siz faqat davolanishga e'tiboringizni qaratsangiz bo‘lgani. Shifoxona xodimlari sizning davolanishingiz qulay sharoitlarda o‘tishi va samarali bo‘lishi uchun bor imkoniyatlarini ishga soladi.

Foto: Acıbadem

Barcha ma'lumotlar uchun O‘zbekistondagi Acıbadem ofisiga murojaat qiling:

Adres: Toshkent shahri, Mirzo Ulugbek tumani, Buyuk Ipak Yo‘li mavzesi, 19 uy. Telefon: (+99 895) 144 54 45

Reklama huquqi asosida

Mavzuga oid