Sport | 20:51 / 13.09.2018
4377
1 daqiqa o‘qiladi

Superliga. «Qo‘qon-1912» o‘z maydonida «Nasaf» bilan durang o‘ynadi

Foto: Qo‘qon-1912

Superligada 2-bosqich o‘yinlari start oldi. Dastlab, ligada qolish uchun kurashayotgan jamoalar bahslarni boshladilar. 

«Qo‘qon-1912» o‘z maydonida «Nasaf»ni qabul qildi. 63-daqiqada Javohir Sidiqov jarima zarbasidan gol urib, hisobni ochdi. 70-daqiqada Bobir Abdixoliqov uni tenglashtirdi.

Qayd qilish joizki, 18-daqiqada «Qo‘qon-1912» darvozaboni O‘tkir Yusupov «Nasaf» futbolchisi Bobur Davlatov tomonidan tepilgan penaltini qaytardi.

Superliga, 23-tur
13 sentabr, Qo‘qon

Qo‘qon-1912 (Qo‘qon) - Nasaf (Qarshi) - 1:1
Gollar: Javohir Sidiqov (63) - Bobir Abdixoliqov (70)
Amalga oshirilmagan penalti: Bobur Davlatov 18 (darvozabon)

Сардор Юсупов
Tayyorlagan Сардор Юсупов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid