Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toshkentda ekskavator ishlab chiqariladigan qo‘shma korxona rasman ochildi
O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Belarus prezidenti Aleksandr Lukashenko Toshkent qishloq xo‘jaligi texnikasi zavodi hududida tashkil etilgan «Amkodor-Agrotexmash» qo‘shma korxonasini ochib berishdi.

Umumiy qiymati 33 million dollar bo‘lgan mazkur loyiha 2018-2021 yillarga mo‘ljallangan. Bugun rasman ishga tushgan birinchi bosqichda qurilish va qishloq xo‘jaligida foydalaniladigan 12 turdagi ekskavatorlar ishlab chiqariladi. Mahalliylashtirish darajasi 2019 yilda 22 foizga, 2021 yilda kamida 50 foizga yetkaziladi.
«Davlatimiz rahbari mahsulot turlarini ko‘paytirish va mahalliylashtirish darajasini oshirish zarurligini ta'kidladi. O‘zbekiston qishloq xo‘jaligi texnikalarini mintaqamizdagi mamlakatlarga yetkazib berish uchun qulayligini qayd etdi», deyiladi prezident matbuot xizmati xabarida.

Shu yerda qo‘shma korxonada ishlab chiqarilgan dastlabki ekskavatorlar namoyish etilgan.
Mavzuga oid
09:00 / 01.06.2026
Lukashenko: “Ukrainadagi voqealar Armaniston uchun saboq bo‘lishi kerak”
11:48 / 01.01.2025
Germaniya janubida erkak ekskavatorni o‘g‘irlab ketib, politsiyachilarni jarohatladi
15:47 / 13.11.2024
Toshkentda ekskavator gaz quvuriga shikast yetkazishi natijasida ayrim hududlarda gaz ta’minoti to‘xtatildi
07:55 / 16.07.2024