O‘zbekiston | 19:30 / 13.09.2018
22266
2 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekiston yangi tezyurar poyezdlar sotib olmoqchi

O‘zbekiston Janubiy Koreyaning Hyundai va Ispaniyaning Talgo kompaniyalari bilan tezyurar poyezdlar sotib olish bo‘yicha muzokaralar o‘tkazmoqda. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi matbuot xizmati xabar tarqatdi.

«O‘zbekiston temir yo‘llari» AJ mahalliy va xorijlik sayyohlarga temir yo‘l transportida sifatli xizmat ko‘rsatish maqsadida Ispaniyaning TALGO va Koreyaning HYUNDAI kompaniyalari bilan yangi elektropoyezdlar xaridi borasida muzokaralar olib bormoqda», - deyiladi xabarda.

Bundan tashqari, «Toshkent yo‘lovchi vagonlarini qurish va ta'mirlash zavodi» aksionerlik bazasida jami 240 o‘rinli 5ta vagonni ta'mirlash va modernizatsiya qilish bo‘yicha ish olib borilmoqda.

Qayd etilishicha, bu vagonlar 2018 yil sentabr oyi oxiriga qadar «Sharq» poyezdlari uchun foydalanishga topshiriladi.

Shuningdek, chiptalarni turistik agentlar orqali buyurtma qilib, onlayn xarid qilish tizimini modernizatsiya qilishni yo‘lga qo‘yish rejalashtirilgan.

Mavzuga oid