O‘zbekiston | 19:06 / 14.09.2018
17229
1 daqiqa o‘qiladi

Abdulla Aripov Dmitriy Medvedevni tabrikladi

Foto: Sputnik

Bugun Rossiya Federatsiyasi bosh vaziri Dmitriy Medvedevning tug‘ilgan kuni, deb xabar bermoqda Rossiya hukumati matbuot xizmati.

«O‘zbekiston bosh vaziri Abdulla Aripov Rossiya Federatsiyasi bosh vazirini telefon orqali tabrikladi», - deyildi matbuot xizmati xabarida.

Dmitriy Medvedevni Belarus, Qozog‘iston va Qirg‘izistondan bo‘lgan hamkasblari ham tabrikladilar.

Ta'kidlanishicha, hukumat rahbarlarining muloqoti chog‘ida ikki tomonlama munosabatlarning dolzarb masalalari tilga olindi, Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi va Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi doirasidagi rejalashtirilayotgan uchrashuvlar jadvali muhokama qilindi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid