O‘zbekiston | 10:30 / 15.09.2018
28913
1 daqiqa o‘qiladi

«Davlat belgisi»​ning uzoq yillik rahbari o‘rniga yangi direktor tayinlandi

O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki huzuridagi «Davlat belgisi»​ davlat ishlab chiqarish birlashmasi bosh direktori o‘zgardi. Hukumat qarori bilan Baxtiyor Jalilovich Jumayev ushbu lavozimni egallagan.

U bu lavozimda o‘tgan asrning 90-yillari boshidan buyon faoliyat ko‘rsatib kelgan Sulaymon Xudoyqulovich Xudoyqulov o‘rniga tayinlangan.

Sulaymon Xudoyqulov shu yilning iyunida pensiyaga chiqishi munosabati bilan «Davlat belgisi» davlat ishlab chiqarish birlashmasi bosh direktorligidan ketgandi.

Ma'lumot uchun, «Davlat belgisi»​ davlat ishlab chiqarish birlashmasi — qalbakilashtirishdan himoyalangan qimmatli qog‘ozlar, pasport qog‘ozlari, aksiz markalar uchun qog‘ozlar, pul bosiladigan qog‘ozlar, banknotlar, sertifikatlar, lotereya biletlari, veksellar, cheklar, aksiz​ va pochta markalari, kolleksiya va esdalik tangalari to‘plami, esdalik nishonlari va shu kabilarni ishlab chiqaruvchi birlashmadir.​

Mavzuga oid