«Davlat xaridlari töğrisida»gi Qonun endi Toşkent bosma fabrikasi, Toşkent qoğoz fabrikasi va Toşkent zarbxonasiga tatbiq etilmaydi, deb yozmoqda Norma.

Prezidentning 22.02.2019 yildagi PF–5668-son farmoni bilan «Davlat belgisi» DIÇB tarkibidagi uçta taşkilot: Toşkent bosma fabrikasi, Toşkent qoğoz fabrikasi va Toşkent zarbxonasi strategik xaridorlar sirasiga kiritildi. Endi Tovarlarni (işlar, xizmatlarni) xarid qilişning alohida tartibi belgilanadigan, strategik ahamiyatga ega xöjalik jamiyatlari va korxonalarining röyxati 22 bandni öz içiga oladi.
 
Ma'lumot uçun: strategik xaridorlar – mamlakatning butun iqtisodiyoti uçun muhim rol öynaydigan davlat taşkilotlari. Davlat xaridlari yangi tizimini joriy etiş şaroitida ular uçun istisno qilingan: joriy işlab çiqariş faoliyatining uzluksiz amalga oşirilişini ta'minlaş, mazkur korxonalarning eksport salohiyatini yuksaltiriş hamda raqobatdoşligini oşiriş maqsadida strategik xaridorlarga «Davlat xaridlari töğrisida»gi Qonun tatbiq etilmaydi (1-moddasining uçinçi qismi).

Xöjalik jamiyatlari va strategik ahamiyatga ega korxonalar, summasidan qat'i nazar, eng yaxşi takliflarni tanlab oliş (elektron dökon orqali xarid qilmay, boşlanğiç narxni pasaytiriş uçun auksion, şuningdek tanlov va tender) yöli orqali tovarlar, işlar va xizmatlarni xarid qiliş şartnomalarini, şu jumladan, import şartnomalarini tuziş huquqiga ega. Takliflarni strategik xaridorlarning özlari tomonidan tuziladigan va ularning rahbarlari boşqaradigan idoraviy tanlov komissiyalari baholaydi. Bunda ekvivalenti 50 ming AQŞ dollaridan ortiq bölgan summadagi tovarlarni (işlar, xizmatlarni) xarid qilişga bölgan texnik topşiriqlar va kontraktlar Iqtisodiyot va sanoat vazirligi huzuridagi Loyihalar va import kontraktlarini kompleks ekspertiza qiliş markazda ekspertizadan va röyxatdan ötkaziladi.  

Quyidagiça amalga oşirilayotgan tovarlar, işlar, xizmatlarning davlat xaridlari bundan mustasno:

• rivojlantiriş davlat dasturlarini, prezident farmonlari, qarorlari va farmoyişlari, hukumat qarorlarida nazarda tutilgan loyihalarni amalga oşiriş doirasida;
• Özbekiston Respublikasi Tiklaniş va taraqqiyot jamğarmasi va Özbekiston kafolatlari orqali jalb qilinayotgan kreditlar hisobidan moliyalaştiriladigan kontraktlar böyiça.
 
Hujjat 23.02.2019 yildan kuçga kirdi.