O‘zbekiston | 07:20 / 15.09.2018
19197
2 daqiqa o‘qiladi

Toshkent hokimiyati Kichik halqa yo‘lining bir qismini kengaytirishni taklif qilmoqda

Toshkent shahri hokimiyati aholidan tushayotgan murojaatlarni hisobga olib, avtotransport harakatini optimallashtirish va yo‘ldagi tirbandliklarni kamaytirish maqsadida Uchtepa tumani va Shayxontohur tumanini bog‘lovchi Kichik halqa yo‘lining Istirohat va Beshqayrag‘och ko‘chalari bilan kesishadigan qismini kengaytirishni taklif qilmoqda (sxemaga qarang).  

Yo‘lning shu qismi ikkita polosagacha toraygan, bu esa tirbandliklar hosil bo‘lishiga olib keladi, jamoat transporti harakatini cheklaydi. Bundan tashqari, yo‘lda poliz ekinlarini sotish joylari mavjudligi yo‘l harakatini qiyinlashtiradi.

Yo‘lni kengaytirish va yana bitta polosa qo‘shish uchun 15 ta ko‘p yillik daraxtni kesib tashlashga to‘g‘ri keladi. Shu munosabat bilan aholidan ushbu qarorning maqsadga muvofiqligi va yo‘lni daraxtlarni kesish hisobiga kengaytirish zarurligi bo‘yicha qaror qabul qilishda ishtirok etish so‘ralgan. 

Qo‘shimcha avtomobil polosasining yaratilishi albatta harakatni yaxshilashga va ko‘plab yo‘l-transport hodisalari, haydovchilar o‘rtasidagi nizolarning oldini olishga xizmat qiladi.

O‘z navbatida, kesib tashlangan daraxtlar o‘rniga ushbu yo‘lga yondosh hududda 30 ta yangi daraxt ekilishi ko‘zda tutilgan.

Mavzuga oid