Toşkent şahri hokimiyati aholidan tuşayotgan murojaatlarni hisobga olib, avtotransport harakatini optimallaştiriş va yöldagi tirbandliklarni kamaytiriş maqsadida Uçtepa tumani va Şayxontohur tumanini boğlovçi Kiçik halqa yölining Istirohat va Beşqayrağoç köçalari bilan kesişadigan qismini kengaytirişni taklif qilmoqda (sxemaga qarang).

Yölning şu qismi ikkita polosagaça toraygan, bu esa tirbandliklar hosil bölişiga olib keladi, jamoat transporti harakatini çeklaydi. Bundan taşqari, yölda poliz ekinlarini sotiş joylari mavjudligi yöl harakatini qiyinlaştiradi.
Yölni kengaytiriş va yana bitta polosa qöşiş uçun 15 ta köp yillik daraxtni kesib taşlaşga töğri keladi. Şu munosabat bilan aholidan uşbu qarorning maqsadga muvofiqligi va yölni daraxtlarni kesiş hisobiga kengaytiriş zarurligi böyiça qaror qabul qilişda iştirok etiş söralgan.
Qöşimça avtomobil polosasining yaratilişi albatta harakatni yaxşilaşga va köplab yöl-transport hodisalari, haydovçilar örtasidagi nizolarning oldini olişga xizmat qiladi.
Öz navbatida, kesib taşlangan daraxtlar örniga uşbu yölga yondoş hududda 30 ta yangi daraxt ekilişi közda tutilgan.
















