Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
AQShdagi Quyosh observatoriyasi hech qanday izohlarsiz yopib qo‘yildi
AQShning Nyu-Meksiko shtatidagi Quyosh observatoriyasi 6 sentabr kuni hech qanday izohlarsiz vaqtinchalik yopib qo‘yildi, voqea joyida Federal tergov byurosi (FTB) xodimlari ish olib bormoqda, biroq hukumat hanuz ularning tashrifi va muassasasa faoliyati to‘xtatilishi sabablari haqida ma'lum qilmadi. The Washington Post shu haqida xabar berdi.
Observatoriya yopilishi haqida birinchi bo‘lib ma'lum qilgan Alamogordo Daily News mahalliy nashriga ko‘ra, Astronomiya tadqiqotlari uyushmasi (ATU - AURA)da kompleks ehtiyotkorlik choralari tufayli yopilgani haqida aytilgan, lekin ularning nima sababli yuzaga kelganiga izoh berilmagan.
Otero okrugi sherifining so‘zlariga ko‘ra, observatoriyaga FTB xodimlari kelib, personal evakuatsiyasida yordam berishni so‘rashgan. "Biz u yerga borganimizda hech qanday xavf yo‘q edi", - dedi u. FTB agentlari politsiyaga tashrif sabablarini ma'lum qilishmagan.
Ta'kidlash joizki, Nyu-Meksikodagi Quyosh observatoriyasi Milliy quyosh observatoriyasi (MQO - NSO) shtat davlat universiteti tomonidan boshqariladi.
Mavzuga oid
21:58 / 20.02.2026
AQSh Eron qirg‘oqlari yaqinida yirik harbiy guruhni to‘pladi
20:38 / 20.02.2026
AQSh Oliy sudi Tramp tomonidan kiritilgan import bojlarini bekor qildi
18:37 / 20.02.2026
Tramp Mudofaa vazirligiga NUJ haqidagi hujjatlarni oshkor qilishni buyurdi
15:15 / 20.02.2026