Jamiyat | 14:30 / 17.09.2018
4466
2 daqiqa o‘qiladi

Andijon viloyati hokimi Asakada 400 nafar tadbirkorni qabul qildi

Andijon viloyati, Asaka tumanidagi “Sabo hamkor” jamiyati binosida bo‘lib o‘tgan uchrashuvda viloyat hokimi Shuhratbek  Abdurahmonov hamda Respublika ishchi guruh rahbari Adham Islamov hududdagi  400dan ziyod tadbirkorlar bilan uchrashuv o‘tkazdi.

5 soat davom etgan muloqot davomida yer maydonini belgilangan tartibda ajratilishi masalalari  bo‘yicha 62 nafar, bo‘sh turgan bino-inshootlarini ajratish yuzasidan 55, tijorat banklaridan kredit olish muammolari bo‘yicha 70 nafar tadbirkorlar o‘z savollariga javob oldilar.  Uchrashuvda  kommunal soha bilan bog‘lik va tadbirkorlarni qiynab kelayotgan boshqa dolzarb masalalar ham ko‘tarildi. Muammolarni hal qilish yuzasidan tegishli idora vakillariga topshiriqlar berildi. 

Mutasaddilar bundan tashqari, to‘rt nafar xorijiy investorlar - Koreya Respublikasi fuqarosi mister Song In Sung, Rossiya  Federatsiyasi fuqarosi G‘ulom Muhammad, Hitoy Xalq Respublikasi fuqarosi Xvan va Turkiya Respublikasi fuqarosi Murod Besenklar bilan muzokara olib bordilar.

Elmurod Ermatov, Andijon
KUN.UZ muxbiri

                                               

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid