Ma’lum bölişiça, Farğona vodiysi magistral kanallardan foydalaniş boşqarmasi 2-Şahrixon bölimi 3-gidrouçastkasi boşliği çorvaçilik bilan şuğullanişni rejalaştirgan fuqaroga katta Farğona kanali himoya hududidagi 30 sotix yer maydonini ijaraga rasmiylaştirib beriş evaziga 40,5 ming AQŞ dollari talab qilgan. U oldindan 20 ming dollar olgan vaqtida DXX va Boş prokuratura huzuridagi Departament xodimlari tomonidan uşlangan.

Tergov davomida uşbu noqonuniy sxemaga Farğona vodiysi magistral kanallardan foydalaniş boşqarmasi bölim boşliği ham aloqador ekani aniqlangan. U 20 ming dollardan 3 ming dollarini olgan vaqtida qölga tuşgan. Şuningdek, mazkur yer maydonidan ijara asosida foydalanib kelgan gidrouçastka xodimi ham yerni beriş uçun 19 ming dollar talab qilgani ma’lum bölgan.

Yana bir holatda esa Oltinköl tumanidagi ta’lim muassasasi direktori muassasa hududidagi 1,1 gektar yer maydoni böyiça kelişuvni tasdiqlab beriş evaziga 15 ming dollar söragan. U oldindan 10 ming dollar olgan vaqtida uşlangan.

Hozirda har ikki holat yuzasidan jinoyat işlari qözğatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.