Bi-bi-si: Tereza Mey Brexit bo‘yicha ultimatum qo‘ydi
Buyuk Britaniya bosh vaziri Tereza Meyning «Bi-bi-si» telekanalidagi Panorama dasturida ma'lum qilishicha, Britaniya parlamenti a'zolarida Yevroittifoq bilan kelishuv bo‘yicha Mey tomonidan qilingan taklif, yoki Brexit (Yevropa ittifoqidan chiqish) bo‘yicha hech qanday bitim bo‘lmasligiga oid tanlov bor.
«Mening fikrimcha, biz Yevropa ittifoqi bilan muzokaralardan keyin yaxshi kelishuvga ega bo‘lamiz», - deya ma'lum qildi bosh vazir Tereza Mey.
Bundan tashqari, u Brexit tarafdorlari tomonidan Irlandiya chegarasi to‘g‘risidagi masala yechimi bo‘yicha qarorga qo‘shilmaydi. Meyning ma'lum qilishicha, agarda Britaniya parlamenti «Chekers rejasi»ni (iyul oyida Chekers shahardan tashqaridagi qarorgohida bo‘lib o‘tgan hukumat yig‘ilishida muvofiqlashtirilgan, YeI bilan muzokaralardagi pozitsiya) tasdiqlamasa, unda bunga kelishuvning umuman bo‘lmasligi muqobil variantga aylanadi, deya xabar qilinadi materialda.
Bi-bi-si’ning qayd etishicha, Britaniya bosh vaziri Tereza Meyning YeIdan chiqish bo‘yicha rejasini nafaqat sobiq tashqi ishlar vaziri Boris Jonson, balki konservativ partiya a'zolari ham tanqid qilmoqda. Bundan tashqari, Britaniya parlamentida Meyning iste'fosini talab qilishgan.
Mavzuga oid
20:45 / 12.11.2024
Angliyada birinchi akkumulyatorli poyezd sinovdan muvaffaqiyatli o‘tdi. U soatiga 120 km tezlikka chiqdi
18:15 / 12.11.2024
Buyuk Britaniya mudofaa ehtiyojlari uchun yadroviy yoqilg‘i ishlab chiqarishni qayta tiklashi mumkin
19:02 / 10.11.2024
The Guardian: Buyuk Britaniya hukumat almashganidan keyin Ukrainaga raketalar yetkazishni to‘xtatdi
00:46 / 10.11.2024