O‘zbekiston | 16:16 / 17.09.2018
3176
1 daqiqa o‘qiladi

JSST Yevropa mintaqaviy byurosining 68-sessiyasida O‘zbekiston delegatsiyasi ishtirok etmoqda

Sog‘liqni saqlash vaziri Alisher Shodmonov boshchiligidagi O‘zbekiston delegatsiyasi Jahon sog‘liqni saqlash tashkilotining Yevropa mintaqaviy byurosining 68-sessiyasida ishtirok etmoqda. 53ta davlatni birlashtirgan JSSTning Yevropa mintaqaviy byurosiga O‘zbekiston ham a'zo hisoblanadi. Bu haqda Kun.uz’ga Sog‘liqni saqlash vazirligi axborot xizmati xabar bermoqda.

Foto: Sog‘liqni saqlash vazirligi axborot xizmati

Joriy yil 17 sentabr kuni Italiya poytaxti Rim shahrida boshlangan mazkur nufuzli sessiyada inson salomatligi bilan bog‘liq qator muhim masalalar, jumladan, 2018 yilda Yevropada sog‘liqni saqlash holati,  tibbiyot va aholi farovonligini qo‘llab-quvvatlash, mintaqada barqaror rivojlanish uchun inson salomatligini yanada yaxshilashga qaratilgan ko‘plab yo‘nalishlar muhokama etilishi kutilmoqda.

Foto: Sog‘liqni saqlash vazirligi axborot xizmati

JSST Yevropa mintaqaviy byurosining 68-sessiyasi 20 sentabrga qadar davom etadi.

Mavzuga oid