Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Tailanddagi g‘ordan bolalarni qutqargan g‘avvos Ilon Maskni sudga berdi
Foto: AFP/ Peter Parks
Tailandda g‘orda qolib ketgan o‘smirlarni qutqarish amaliyotida ishtirok etgan britaniyalik g‘avvos Vernon Ansuort amerikalik tadbirkor Ilon Maskdan uni haqorat qilgani uchun ma'naviy zararni qoplashni talab qilmoqda.
“Mask tvitterdagi akkauntidan va OAVdagi elektron maktublardan butun dunyoga yolg‘on axborot va janob Ansuort sha'niga bo‘htonlar chop etish uchun foydalangan”, deb aytilgan Kaliforniya sudiga berilgan 22 sahifalik da'vo arizasida. Ansuort bo‘htonlarning rad etilishini va 75 ming dollar miqdorida tovon puli to‘lanishini talab qilmoqda.
Ansuort g‘ordan o‘smirlar futbol jamoasining 12 a'zosi va ularning murabbiyini qutqarish amaliyotida ishtirok etgan. U bolalarning g‘ordagi joylashgan o‘rnini aniqlagan va ularni qutqarish uchun jamoa to‘plagan.
Mask va uning SpaceX kompaniyasi esa Tailandga o‘smirlarni qutqarishda qo‘llashga mo‘ljallangan kichik suv osti kemasini jo‘natgan. Ansuort intervyulardan birida Maskning suv osti kemasini qo‘llab bo‘lmasligini va shu sababli uning “bir tiyinga qimmatligini”, bu shunchaki piar-nayrangligini aytgan.
Shundan keyin Mask g‘avvosni bir necha marotaba kurakda turmaydigan so‘zlar bilan, jumladan “bachavoz” deb haqoratlagan. Biroq Mask ushbu so‘zlari uchun tanqidga uchragach, o‘z tvitlarini o‘chirib tashlagan va qizishib ketganini aytib, o‘z uzrini keltirgan.
Mavzuga oid
20:18 / 26.12.2025
IT sohasidagi top-10 milliarderning boyligi sun’iy intellekt tufayli keskin oshdi
23:59 / 20.12.2025
Ilon Mask 700 mlrd dollardan ortiq boylikka ega bo‘lgan ilk insonga aylandi
15:36 / 16.12.2025
Ilon Mask tarixda birinchi bo‘lib 600 mlrd dollarlik boylikka erishdi
11:27 / 15.12.2025