Jamiyat | 16:00 / 19.09.2018
5122
1 daqiqa o‘qiladi

Xalima Xudoyberdiyeva ijodidan 5 tomlik saylanma nashr etilmoqda

G‘afur G‘ulom nomidagi nashriyot-matbaa ijodiy uyida zamonaviy o‘zbek she'riyatining yirik vakillaridan biri Xalima Xudoyberdiyevaning 5 tomlik saylanmasi turli yillarda nashr etilgan kitoblari asosida tartiblanmoqda.

Jumladan, Saylanmaning 1-jildidan o‘rin olgan shoiraning benazir bitiklarini o‘qir ekansiz, tuyg‘ularning rangi va tovushinigina emas, balki qo‘l bilan tutsa bo‘ladigan darajada moddiylashganini his etasiz va bu inja tuyg‘ular sizning ham ko‘ngil mulkingizga aylanib qolishi hech shubhasiz.

Ayni kunlarda mazkur kitobning birinchi jildi tayyorlanib, keng omma e'tiboriga havola etish arafasida turibdi. Keyingi 4 jildi esa nashr etilish jarayonida.