Jahon | 08:23 / 19.09.2018
14448
1 daqiqa o‘qiladi

Meksika prokuraturasi ikkita treylerda 300ta chiriyotgan jasadni saqlamoqda

Foto: EFE

Meksikaning Xalisko shtati Sud tibbiyoti markazi sobiq rahbari Luis Oktavio Koteroning aytishicha, mintaqada ikkita treyler bo‘lib, ularda taxminan 300ta jasad saqlanadi. Bu haqda EFE xabar bermoqda.

Ta'kidlanishicha, Koteroni o‘z idorasi nazoratida ostida qoldirilgan, 160ta chiriyotgan jasad bo‘lgan treyler uchun ishdan haydab yuborishgan.

«Ular [jasadlar] treylerlarda saqlanmoqda, bittasi OAVda ko‘rsatildi, ammo boshqasi, yangisi bor, uni prokuratura ijaraga oldi», - deydi Kotero.

Uning qo‘shimcha qilishicha, jasadlar prokuraturada ularni ko‘mish uchun resurslar yo‘qligi tufayli qoldirilgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Meksikada 160 dan ko‘proq odam ko‘milgan ommaviy qabriston topilgandi. 

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid