Sport | 17:57 / 19.09.2018
4809
2 daqiqa o‘qiladi

OChL. «Chonbuk» superkambekni amalga oshirdi, ammo yarimfinalga chiqolmadi

Foto: The AFC

Osiyo Chempionlar Ligasida 1/4 finalning javob bahslari yakunlandi.

Bugun Janubiy Koreyaning ikkita klubi «Suvon Samsung Blyuuingz» va «Chonbuk Motors» bellashdi. O‘yinda mehmonlar 3:0 hisobida g‘alaba qozonib, superkambekni amalga oshirishdi. 2 hafta oldin o‘tgan bahsda ular o‘z maydonida 0:3 hisobida yutqazishgandi. Qizig‘i shundaki, «Chonbuk Motors» ikki o‘yin natijasiga ko‘ra, g‘alabani ilib ketishi ham mumkin edi. Ammo hujumchi Adriano so‘nggi daqiqada penaltini urolmadi. Qo‘shimcha vaqtlarda ham shu hisob saqlanib qoldi. Penaltilar seriyasida esa «Suvon Samsung Blyuuingz» mahoratliroq chiqdi va 4:2 hisobida g‘alaba qozonib, keyingi bosqichga yo‘l oldi.

Yarimfinalda «Persepolis» va «As-Sadd», «Kashima Antlers» va «Suvon Samsung Blyuuingz» bellashadi. O‘yinlar 2-3 va 23-24 oktabr kunlari o‘tkaziladi.

OChL, 1/4 final, javob bahslari
G‘arbiy hudud

17 sentabr
Persepolis (Eron) - Ad-Duxail (Qatar) - 3:1
Gollar: Husayniy (57), Al-Burayk (76 avtogol), Mensha (78) - Budiaf (33)
Dastlabki o‘yin: 0:1

As-Sadd (Qatar) - Istiqlol (Eron) - 2:2
Gollar: Afif (27), Bunedjah (90+2 pen) - Baqiriy (32), Tabriziy (49)
Chetlatish: Chashmiy (50, Istiqlol)
Dastlabki o‘yin: 3:1

Sharqiy hudud:
18 sentabr
Tyantszin Tsyuanzyan (Xitoy) - Kashima Antlers (Yaponiya) - 0:3
Gollar: Serxio (13), Abe (27), Doi (66)
Dastlabki o‘yin: 0:2

19 sentabr
Suvon Samsung Blyuuingz (Janubiy Koreya) - Chonbuk Motors (Janubiy Koreya) - 0:3 (pen. 4:2)

Gollar: Adriano (11), Choy Bo Kyung (51), Kim Shin-Uk (71)
Amalga oshirilmagan penalti: Adriano (90+3, Chonbuk)
Dastlabki o‘yin: 3:0

Сардор Юсупов
Tayyorlagan Сардор Юсупов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid