Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekiston yevrobondlar chiqarishga tayyorgarlik ko‘rmoqda - OAV
Foto: AP
O‘zbekiston kelgusi yiliyoq dastlabki yevroobligatsiyalar chiqarishni ko‘zda tutgan holda HSBC’da ishlagan Odilbek Isoqovni Moliya vazirligi boshqarmasiga boshliq etib tayinladi, deb yozmoqda Reuters.
“Bu O‘zbekistonni o‘zining qarz bozoriga xorij kapitalini jalb etish maqsadiga yaqinlashtiradi. Bu jarayon o‘tgan yili, prezident Shavkat Mirziyoyev yevrobondlar joylashtirishning zarur sharti bo‘lgan suveren kredit reytingini olish sari qadam tashlaganida boshlangan”, - deyiladi xabarda.
Qayd etilishicha, HSBC investitsiya banki rivojlanayotgan mamlakatlar uchun jahon moliya bozorlarida qimmatli qog‘ozlar chiqarishni tashkil etish boshqarmasi direktori lavozimida ishlab kelgan Isoqov moliya vazirining maslahatchisi, Moliya vazirligining davlat suveren, korporativ (bank) qarz majburiyatlari va davlat qarzi boshqarmasi boshlig‘i lavozimiga tayinlangan Isoqov kredit reytingini olish va suveren yevroobligatsiyalar emissiyasi jarayonini nazorat qiladi.
Manbalardan birining aytishicha, JP Morgan banki Citi bilan birgalikda moliyaviy maslahatchi sifatida ishtirok etadigan banklar ro‘yxatiga kiritilgan. Citi va JP Morgan vakillari bu borada izoh berishni rad etgan.
Mavzuga oid
12:09 / 30.12.2025
O‘zbekiston 2025 yilni qanday o‘tkazdi?
21:42 / 21.12.2025
O‘zbekistonda 9 oyda eng ko‘p chaqaloq Samarqand viloyatida tug‘ilgan
22:17 / 17.12.2025
O‘zbekiston dunyoda sayyohlar oqimi eng tez o‘sayotgan mamlakatlar qatoriga kirdi
19:32 / 15.12.2025