Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Rossiya Suriya sohillaridagi havo kengligi parvozlar uchun yopilganini e'lon qildi
Foto: Wikipedia
Rossiyaning Latakiya hududida mashg‘ulotlar o‘tkazishi haqida e'lon qilishi Suriya sohillarida Il-20 samolyoti bilan sodir bo‘lgan fojiaga dastlabki amaliy javob bo‘ldi, deb yozmoqda «Kursor».
ITV kanalining xabar berishicha, Rossiya Suriya sohillarida bir hafta davomida harbiy mashg‘ulotlar o‘tkazilishini, shu bois mazkur hududda parvoz qilish tavsiya etilmasligini ma'lum qilgan.
Eslatib o‘tamiz, Suriyadagi Hmeymim aviabazasi 17 sentabrda Rossiyaning Il-20 radiolokatsion razvedka samolyoti ekipaji bilan aloqani yo‘qotgani xabar qilingandi.
Ma'lumotlarga ko‘ra, Il-20 Suriya kuchlariga qarashli S-200 kompleksi raketasi yordamida urib tushirilgan.
Qayd etilishicha, bunga Isroilning F-16 qiruvchilari Rossiya samolyoti orqali o‘z xatti-harakatlarini berkitishga uringani sabab bo‘lgan.
Mavzuga oid
21:31 / 06.05.2026
Suriya xavfsizlik kuchlari Idlibda o‘zbekistonlik jangarilarni qo‘lga oldi
22:54 / 25.04.2026
Suriyaning yangi hukumati Rossiyani Xmeymim aviabazasidan chiqarib yubormoqchi
11:15 / 17.04.2026
AQSh Suriyadan barcha qo‘shinlarini olib chiqdi
09:45 / 31.03.2026