Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Tanzaniyada parom ag‘darilishi oqibatida 136 kishi halok bo‘ldi
Afrikaning sharqiy qismidagi Viktoriya ko‘lida parom cho‘kib ketishi oqibatida halok bo‘lganlar soni 136 nafarni tashkil qilmoqda. Bu haqda Reuters agentligi mahalliy politsiyaga asoslangan holda xabar bermoqda.
Bundan avvalgi xabarlarda Tanzaniya hududiy suvlarida yuz bergan ushbu fojia qurbonlari soni 86 kishi ekani aytilgandi.
Turli ma'lumotlarga ko‘ra, paromda 300 nafarga yaqin kishi bo‘lgan.
Mahalliy manbalarga ko‘ra, qutqaruvchilar 37 kishini qutqarib olishgan. Hodisa kechqurun ro‘y bergani tufayli qutqaruv ishlarida qiyinchiliklar yuzaga kelgan.
Manbalarning yozishicha, halokatga paromga me'yoridan ortiq yuk ortilgani sabab bo‘lgan. Paromda yo‘lovchilar soni ham me'yoridan ikki barobar ko‘p edi.
Mavzuga oid
18:59 / 02.11.2025
Tanzaniyada saylovdan keyingi tartibsizliklar: yuzlab odamlar halok bo‘lgani aytilmoqda
10:41 / 03.07.2025
Bali sohillari yaqinida parom cho‘kib ketdi
21:29 / 23.03.2025
Tanzaniyada ulkan daraxtlarning yangi turi aniqlandi
23:21 / 09.09.2024