Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Porsche dizel motorlardan voz kechadi
Porsche kompaniyasi dizel dvigatelli avtomobillardan voz kechadi. Bu haqda Porsche kompaniyasining ijrochi direktori Oliver Blyum Bild am Sonntag gazetasiga bergan intervyusida aytib o‘tdi
Blyum so‘zlariga ko‘ra, avtomobilsoz benzin dvigatelli, gibrid dvigatelli, 2019 yildan boshlab esa elektromobillarga asosiy e'tibor qaratadi.
Avvalroq, Blyum dizel mojarosi Porsche obro‘siga katta putur yetkazganini aytgan edi.
«Dizel mojarosi bizga juda ko‘p muammo keltirib chiqardi», — dedi Blyum.
2015 yili AQSh atrof muhitni muhofaza qilish Agentligi Volkswagen avtokonsernini dizel avtomobillarga zararli moddalar chiqitini kamaytirib ko‘rsatuvchi dastur ta'minotini o‘rnatganlikda ayblagan edi.
O‘tgan yili Germaniya transport vazirligi Porsche avtomobillarida ham noqonuniy dastur borligi aniqlanganini e'lon qildi. Natijada, kompaniyaga uch litrli dizel dvigateliga ega 22 mingta Cayenne avtomobilini qaytarib olish majburiyati yuklandi.
Mavzuga oid
22:34 / 27.04.2026
Tarixdagi eng qudratli Porsche elektromobili taqdim etildi
09:13 / 31.10.2025
Volkswagen’ning bir chorakdagi zarari 1 milliard yevrodan oshdi
12:12 / 18.10.2025
Porsche kompaniyasini McLaren sobiq bosh direktori boshqaradi
15:07 / 26.07.2025