IShID Markaziy Osiyoda tayanch nuqtasi tashkil etishga harakat qilayotgani aytildi
MDH Terrorchilikka qarshi kurash markazi (TQM) rahbari, politsiya general-polkovnigi Andrey Novikovning ma'lum qilishicha, IShID terrorchilik guruhi jangarilari Markaziy Osiyo hududida o‘z tayanch nuqtasi yaratish uchun harakat qilmoqda. Novikovning so‘zlari «RIA Novosti» tomonidan keltirilgan.
Bunday bayonot bilan general-polkovnik «Issiqko‘l - Antiterror-2018» mashqlari ikkinchi bosqichi vaqtida chiqish qildi.
Novikovning ta'kidlashicha, IShID jangarilarining ushbu mintaqada tayanch nuqtalarini tashkil etish niyatida «asosiy muammo» sanaladi. Shuningdek, uning aytishicha, terrorchilarning harakatlari «nafaqat Qirg‘iziston Respublikasi, balki butun Markaziy Osiyo mintaqasi uchun xavfsizlikka tahdiddir».
MDH TQM rahbarining aniqlik kiritishicha, IShID jangarilari mintaqada «halifalik» deb ataluvchi» tayanch nuqtasini tashkil etishga urinmoqda hamda «uxlayotgan jamoatlar»ni faollashtirish» maqsadida sa'y-harakatlarni amalga oshirmoqda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Tojikiston va O‘zbekiston mudofaa mahkamalarining tarixdagi ilk qo‘shma antiterror operatsiyasi o‘tkazilgandi.
Mavzuga oid
16:12 / 22.11.2024
Tanzila Norboyeva Rossiyada MDH davlatlari Parlamentlararo Assambleyasida ishtirok etdi
17:22 / 19.11.2024
«Markaziy Osiyo – Xitoy» quvuri orqali 14 yilda yetkazilgan tabiiy gaz miqdori ma’lum qilindi
17:25 / 15.11.2024
2050 yilga borib Markaziy Osiyo muzliklarining uchdan bir qismi erib ketishi mumkin
17:42 / 14.11.2024