O‘zbekiston | 14:32 / 21.09.2018
7106
2 daqiqa o‘qiladi

Abdusalom Azizov Tojikistondagi o‘zbek-tojik harbiy mashqlariga boradi

Foto: Mudofaa vazirligi matbuot xizmati

O‘zbekiston mudofaa vaziri Abdusalom Azizov juma kuni Xo‘jand shahriga tashrif buyuradi. Bu yerdagi «Choruxdayron» harbiy poligonida Tojikiston va O‘zbekiston mudofaa mahkamalarining tarixdagi ilk qo‘shma antiterror operatsiyasi yakuniga yetmoqda, deb yozadi «ASIA-Plus».

Abdusalom Azizov Tojikiston mudofaa vaziri, general-polkovnik Sherali Mirzo bilan ikki mamlakat armiyalari terrorchilikka qarshi mashqlarining yakuniy bosqichini kuzatib boradi, deb xabar bergan nashrga Tojikiston Mudofaa vazirligidagi manba.

Xo‘jand shahriga tashrifi chog‘ida O‘zbekiston mudofaa vaziri Tojikiston mudofaa vaziri bilan alohida uchrashuv o‘tkazadi va u bilan harbiy hamda harbiy-texnikaviy yo‘nalishda ikki mamlakat o‘rtasidagi aloqalarni rivojlantirish istiqbollarini muhokama qiladi.

Qo‘shma terrorchilikka qarshi mashqlar doirasida O‘zbekiston Mudofaa vazirligining harbiy orkestri Kamol Xo‘jandiy nomidagi bog‘da shahar aholisi va mehmonlari uchun konsert berdi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid