Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Tanzila Norboyeva Rossiyada MDH davlatlari Parlamentlararo Assambleyasida ishtirok etdi
Tadbirda O‘zbekistonda o‘tgan siyosiy tadbir - parlament saylovining demokratik tamoyillariga to‘laqonli mos ravishda shaffof va adolatli o‘tkazilganligi e’tirof etildi.
Rossiyaning Sankt-Peterburg shahrida MDH davlatlari Parlamentlararo Assambleyasi kuzgi sessiyasi boshlandi.
Tadbirda Oliy Majlis Senati raisi Tanzila Norboyeva ishtirok etdi. Sessiya MDH mamlakatlari o‘rtasidagi ko‘p tomonlama hamkorlikni kuchaytirish, qonun ijodkorligi sohasidagi tajriba almashish va yangi tashabbuslarni ilgari surishda muhim platforma hisoblanadi.
Sessiyada xalqaro kuzatuvchilarining saylov jarayonlarini monitoring qilishdagi ishtiroki bilan bog‘liq masalalar muhokama qilindi.
«Ushbu tadbirda MDH davlatlari PA Kengashi a’zolari tomonidan respublikamizda o‘tgan siyosiy tadbir — parlament saylovining demokratik tamoyillariga to‘laqonli mos ravishda shaffof va adolatli o‘tkazilganligi e’tirof etildi. Ayniqsa, deputatlarning 38 foizini ayollar tashkil etgani – mintaqadagi eng yuqori ko‘rsatkich ekanligi alohida qayd etildi», deb yozdi Tanzila Norboyeva.

Mavzuga oid
19:55 / 02.07.2026
Tanzila Norboyeva raisligida Surxondaryoni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturlari ijrosi muhokama qilindi
20:11 / 25.06.2026
Tanzila Norboyeva mauntinbayk bo‘yicha Osiyo chempionati ishtirokchilarini qutladi
17:43 / 19.06.2026
MDH harbiy shtab boshliqlari Ostonada uchrashdi
20:11 / 18.06.2026