Jahon | 14:59 / 25.09.2018
14732
1 daqiqa o‘qiladi

Kreml S-300 bo‘yicha ma'lumotni oshkor etishdan bosh tortdi

Foto: Anatoliy JDANOV

Rossiya prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskov Suriyaga S-300 tizimlarini yetkazib berish shartlari haqidagi javob berishdan bosh tortdi. Bu haqda RIA «Novosti» xabar qilmoqda.

«Men sizga bu haqda aniq nimanidir ayta olmayman. Bu holatda men sizning savolingizni javobsiz qoldiraman», - dedi Kreml vakili.

Shu bilan birga, uning ta'kidlashicha, Damashqqa komplekslarni yetkazib berish uchinchi davlatlarga qarshi qaratilmagan.

«Ular faqat bizning harbiylar xavfsizligini ta'minlash maqsadida amalga oshiriladi», - deya xulosa qilgan Peskov.

Isroil bosh vaziri Binyamin Netanyaxu Vladimir Putin bilan muloqotda «zamonaviy qurollarni mas'uliyatsiz qo‘llarga topshirish mintaqadagi xatarlarni kuchaytirishi»ni ma'lum qilgandi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Isroil S-300 mashmashasi tufayli tashvishga tushib qolgani xabar qilingandi. 

Mavzuga oid