Rossiyaning S-300 zenit raketa komplekslarining Suriyaga yetkazib berilişi Isroil armiyasiga jiddiy tahdid soladi, çunki ular Suriya Arab Respublikasidagi havo hujumidan mudofaa vositalariga qaraganda ança samaraliroq. Bu haqda The Jerusalem Post muallifi Anna Aronxeym ma'lum qildi.
Aronxeymning yozişiça, Rossiyaning S-300 komplekslarini avtomatlaştirilgan tizimlar boşqaradi, ulardan faqat Rossiya harbiylari foydalanişi mumkin. Uning fikriga köra, Moskva şu tariqa Suriya osmonida vaziyatni töliq nazorat qiladi, bu esa Il-20 halokati kabi hodisalarni bartaraf etişda yordam beradi.
Şuningdek, ta'kidlanişiça, avvalroq Suriya Arab Respublikasi harbiylari SSSR davrida işlab çiqarilgan, SA-2s’dan SA-22’gaça diapazondagi havo hujumidan mudofaa tizimlari hamda «Pantsir» turidagi zenit raketa komplekslariga egalik qilgan. S-300 Suriya havo mudofaasiga sezilarli ta'sir körsatişi mumkin, çunki ular 300 km.gaça masofadagi obektni aniq nişonga oladi.
Eslatib ötamiz, avvalroq Rossiya Suriyani S-300 bilan qurollantirişi xabar qilingandi.













