Jamiyat | 18:20 / 26.09.2018
28968
2 daqiqa o‘qiladi

Nurotadagi YTH oqibatida xorijliklar halok bo‘ldi

Navoiy viloyati, Nurota tumani hududida ro‘y bergan yo‘l-transport hodisasi oqibatida ikki nafar pokistonlik va O‘zbekistonning bir nafar fuqarosi vafot etdi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi xabar bermoqda.

Aniqlik kiritilishicha, 25 sentabr kuni «Jizzax — Forish — Qizilcha» yo‘lining Navoiy viloyati Nurota tumanidan o‘tgan qismida Toyota va Lacetti avtomobillari ishtirokida yo‘l-transport hodisasi yuz bergan. Toyota haydovchisi boshqaruvni yo‘qotib, qarama-qarshi tarafdan kelayotgan Lacetti bilan to‘qnashgan.

Hodisa oqibatida Toyota’da bo‘lgan ikki pokistonlik, Lacetti’da bo‘lgan bir o‘zbekistonlik (haydovchi) halok bo‘lgan. Shuningdek Toyota’da bo‘lgan yana bir yo‘lovchi jarohatlangan. U ham pokistonlik bo‘lib, turli darajadagi tan jarohatlari bilan Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazining Navoiy viloyat filiali jonlantirish bo‘limiga yotqizilgan.

«Sodir bo‘lgan YTH yuzasidan dastlabki tergovoldi tekshiruv ishlari olib borilmoqda», — deyiladi FVV xabarida.

Азиз Қаршиев
Tayyorlagan Азиз Қаршиев
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid