Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Rossiya: AQSh Yevropaga jiddiy bosim o‘tkazmoqda
Foto: Francois Lenoir/Reuters
Rossiya tashqi ishlar vazirining o‘rinbosari Aleksandr Grushko so‘zlariga ko‘ra, Amerika Qo‘shma Shtatlari Yevropaga Rossiya bilan energetika sohasidagi hamkorlik uchun jiddiy bosim o‘tkazmoqda. Bu haqda RIA «Novosti» xabar qildi.
«Bosim jiddiy. Bu birinchi kun ro‘y bermayapti. Ko‘p yillar mobaynida amerikaliklar Yevropa mamlakatlariga safar qilib, ularga kim bilan va qanday qilib energetika sohasida hamkorlik qilishni aytishmoqda. Bu mutlaqo qabul qilinmaydigan siyosiy bosimdir», - dedi Grushko.
Uning eslatishicha, Yevropa qarorlarni qabul qilishda doimo o‘z mustaqilligini ma'lum qilib keladi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Xitoy erkin savdo tizimini Rossiya bilan birga himoya qilmoqchi ekani xabar berilgandi.
Mavzuga oid
17:29
BAAga aloqador kompaniya Trampning kripto biznesida katta ulushdor ekani ma’lum bo‘ldi
17:08
Grenlandiyaning tub aholisi kimlar va u qanday qilib Daniyaga tegishli bo‘lib qolgan? AQSh nega bu orolga qiziqmoqda?
15:41
Zelenskiy: Hududlar masalasida qaror qabul qilish Putin bilan aloqani talab etadi
15:12