Rossiya taşqi işlar vazirining örinbosari Aleksandr Gruşko sözlariga köra, Amerika Qöşma Ştatlari Yevropaga Rossiya bilan energetika sohasidagi hamkorlik uçun jiddiy bosim ötkazmoqda. Bu haqda RIA «Novosti» xabar qildi.
«Bosim jiddiy. Bu birinçi kun röy bermayapti. Köp yillar mobaynida amerikaliklar Yevropa mamlakatlariga safar qilib, ularga kim bilan va qanday qilib energetika sohasida hamkorlik qilişni aytişmoqda. Bu mutlaqo qabul qilinmaydigan siyosiy bosimdir», - dedi Gruşko.
Uning eslatişiça, Yevropa qarorlarni qabul qilişda doimo öz mustaqilligini ma'lum qilib keladi.
Eslatib ötamiz, avvalroq Xitoy erkin savdo tizimini Rossiya bilan birga himoya qilmoqçi ekani xabar berilgandi.












