Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Samolyotda birinchi marta uchgan yo‘lovchi noqulay ahvolga tushdi
Foto: Vitaliy Belousov / RIA Novosti
Samolyotda umrida birinchi marta uchgan hindistonlik parvoz vaqtida favqulodda eshikni hojatxona eshigi deb o‘ylab ochmoqchi bo‘ldi. Bu haqda The Express Tribune nashri xabar berdi.
Voqea Nyu-Dehlidan Patna shahriga parvoz amalga oshirayotgan GoAir aviakompaniyasi samolyotida yuz bergan. Parvoz vaqtida erkak samolyot eshigini torta boshlagan. Boshqa yo‘lovchi undan nima qilayotganini so‘raganda, u hojatxonaga kirmoqchiligini aytib, eshikni ochishga urinishini davom ettirgan. Shunda boshqa yo‘lovchi bortkuzatuvchilarni chaqirgan va ular erkakni to‘xtatishgan.
Samolyot qo‘ngandan keyin aviakompaniya xodimlari erkakni keyingi tergov uchun tegishli idoralar qo‘liga topshirgan. Aviakompaniya xodimining ta'kidlashicha, ushbu voqea boshqa yo‘lovchilarga xavf solmagan, chunki samolyot eshigini parvoz vaqtida ochib bo‘lmaydi.
Mavzuga oid
12:44 / 03.05.2026
Toshkent metrosida yo‘lovchi poyezd yo‘liga tushib ketdi
20:07 / 27.04.2026
Boeing dunyodagi eng katta va qudratli ikki dvigatelli yuk samolyotini taqdim etdi
20:48 / 05.04.2026
AQSh Eron bilan urush davomida yettita samolyotini yo‘qotdi – OAV
13:56 / 23.03.2026