Jahon | 20:49 / 26.09.2018
3292
1 daqiqa o‘qiladi

Tramp Venesuela prezidenti bilan uchrashishga tayyorligini ma'lum qildi  

AQSh prezidenti Donald Tramp BMT Bosh assambleyasi maydonlarida Venesuela prezidenti Nikolas Maduro bilan uchrashishga tayyorligini ma'lum qildi. 

“Agar u (Maduro) uchrashishni istasa, uchrashamiz”, deb aytgan Tramp jurnalistlarga.

Tramp Venesueladagi vaziyat haqida gapirarkan, uni “sharmandali” deb atagan va AQSh shu munosabat bilan “har qanday variant”ga tayyorligini ta'kidlab o‘tgan. Tramp “kuchli va kamroq darajada kuchli variantlar” ko‘rilayotganini qo‘shimcha qilgan.

“Venesuela odamlari ajoyib odamlar. Biz ular haqida g‘amxo‘rlik qilamiz”, deb aytgan Tramp.

Tramp 25 sentabrda BMT minbaridan Venesueladagi og‘ir iqtisodiy va siyosiy vaziyat uchun Maduroni keskin tanqid qildi.

Mavzuga oid