Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
La Liga. "Barselona" so‘nggi o‘rindagi jamoaga yutqazib qo‘ydi
Foto: EFE
Ispaniya chempionatining 6-turida sensatsiya yuz berdi.
5-turdan keyin musobaqa jadvalining so‘nggi pog‘onasida borayotgan "Leganes" o‘z maydonida peshqadam "Barselona"ni mag‘lub etdi.
12-daqiqada Koutino "Barselona"ni hisobda oldinga olib chiqdi. Ikkinchi bo‘limning 7-daqiqasida El-Jar oradagi farqni yo‘qqa chiqardi. Oradan bir daqiqa o‘tib, Oskar Rodriges ham o‘z hisobiga 1ta gol yozib, jamoasiga g‘alaba keltirdi.
Yana bir o‘yinda "Vilyarreal" safarda "Atletik Bilbao"ni yirik hisobda mag‘lub etdi – 3:0. Gollar Fornals, Funes Mori va Toko-Ekambi mualliflik qildi.
Leganes – Barselona 2:1 (0:1, 2:0)
Gollar: 0:1 – 12 Koutino, 1:1 – 52 El-Jar, 2:1 – 53 Oskar Rodriges.
Leganes – Kuelyar, Bustinsa, Raul Garsiya, Silva, Tarin, Peres, El-Jar (Nom, 86), Oskar Rodriges (Gumbau, 74), Mikel Vesga (Sabin Merino, 82), Xuanfran, En-Nesiri.
Barselona – ter Stegen, Pike, Vermalen (Alba, 70), Serdji Roberto, Umtiti, Rakitich, Buskets, Koutino, Dembele (Malkom, 71), Munir (Suares, 61), Messi.
Ogohlantirishlar: Peres (40), Bustinsa (49), Umtiti (60), Vermalen (64), Nom (88), En-Nesiri (90).
Atletik – Vilyarreal 0:3 (0:0, 0:3)
Gollar: 0:1 – 65 Fornals, 0:2 – 80 Funes Mori, 0:3 – 89 Toko-Ekambi.
Atletik – Mendibil, Martines, Nunes, Kapa, Berchiche, Raul Garsiya (Kordoba, 70), Iturraspe (Lopes, 67), Muniain, Benyat, De Markos (Guruseta, 81), Inyaki Uilyams.
Vilyarreal – Asenxo, Funes Mori, Ruis, Alvaro Gonsales, Layyun (Kasorla, 64), Fornals, Trigeros, Mario Gaspar, Kosta, Moreno (Pedrasa, 88), Bakka (Toko-Ekambi, 60).
Ogohlantirishlar: De Markos (73), Ruis (76).
Mavzuga oid
02:34 / 11.05.2026
"Barselona" "Real" bilan o‘yinda Ispaniya chempioniga aylandi. Bunaqasi ilk bor ro‘y berdi
20:32 / 10.05.2026
“Barselona” bosh murabbiyining otasi “El Klasiko” kunida vafot etdi
11:26 / 03.05.2026
«Arsenal»da yirik g‘alaba, «Barsa» bugun chempion bo‘lishi mumkin
12:33 / 26.04.2026