Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
MDH davlatlarining 100ta samolyoti mashqlar uchun havoga ko‘tarildi
Foto: Gennadiy Bisenov/KP
MDH davlatlarining samolyotlari havo hujumidan mudofaa bo‘yicha mashqlarni boshladi, ular Rossiya harbiy-kosmik kuchlari boshqaruvi ostida bo‘lib o‘tmoqda. Bu haqda RF Mudofaa vazirligi xabar berdi.
Ta'kidlanishicha, tadbirda MDHning yettita davlatidan 100ta samolyot ishtirok etmoqda.
«Mashqlarga Su-27, MiG-29, MiG-31, Yak-130 qiruvchi aviatsiyasidan iborat 100ga yaqin samolyot, Su-24, Su-34 bombardimonchi aviatsiyasi, Su-25 hujumkor aviatsiyasi, Tu-22, Tu-160, Tu-95 uzoq masofalarga mo‘ljallangan aviatsiya, Ka-27, Mi-8 vertolyotlari jalb etilgan», - deyiladi bayonotda.
Aniqlik kiritilishicha, mashqlar vaqtida havo hududidan foydalanish, falokatga uchragan ekipajlarga yordam ko‘rsatish qoidalari ishlab chiqiladi, shuningdek, davlat chegaralarini buzib kirgan havo kemalari hamda olib qochilgan kemalar bilan bog‘liq vaziyat bo‘yicha ishlar olib boriladi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq MDHda yil oxirigacha yana nechta mashq o‘tkazilishi aytilgandi.
Mavzuga oid
20:48 / 05.04.2026
AQSh Eron bilan urush davomida yettita samolyotini yo‘qotdi – OAV
13:56 / 23.03.2026
AQShda yo‘lovchi samolyoti o‘t o‘chiruvchi mashina bilan to‘qnashib ketdi
21:04 / 19.03.2026
Yaponlar dunyodagi eng xunuk deb ta’riflanayotgan samolyotni qurdi
13:33 / 12.03.2026