Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Shavkat Mirziyoyev Tojikistonga jo‘nab ketdi
Prezident Shavkat Mirziyoyev MDH Davlat rahbarlari kengashi majlisida qatnashish uchun Dushanbega jo‘nab ketdi. Bu haqda prezident matbuot xizmati xabar bermoqda.

Avvalroq, 27-28 sentabr kunlari Prezident Shavkat Mirziyoyev Tojikistonga borishi ma'lum qilingandi.
Tashrifning birinchi kuni qator ikki tomonlama tadbirlar jadvali asosida o‘tkaziladi. Tashrifdan asosiy maqsad, 28 sentabr kuni O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Dushanbe shahrida MDH Davlat rahbarlari kengashi majlisida ishtirok etishidir.
Shuningdek, ushbu safar davomida tor va keng doiralarda muzokaralar o‘tkazilishi, qator hujjatlar imzolanishi rejalashtirilgan.
MDH davlat rahbarlari sammitda ishtirok etish doirasida tojikistonlik metallurglar shahri - Tursunzodaga tashrif buyurishi kutilmoqda.
Mavzuga oid
20:08 / 08.10.2025
Shavkat Mirziyoyev amaliy tashrif bilan Tojikistonga boradi
12:39 / 26.08.2025
Samarqandda Iordaniya podshohini rasmiy kutib olish marosimi bo‘lib o‘tdi
22:39 / 25.08.2025
Iordaniya podshohi Samarqandda «Boqiy shahar» tarixiy-etnografik majmuasini tomosha qildi
21:50 / 25.08.2025