O‘zbekiston | 17:05 / 28.09.2018
16860
1 daqiqa o‘qiladi

Shavkat Mirziyoyevning Tojikistonga tashrifi yakunlandi

O‘zbekiston Respublikasi prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Tojikistonga tashrifi yakunlandi. Bu haqda prezident matbuot xizmati xabar bermoqda.

 

Davlat rahbari 27 sentabr kuni Tojikiston Respublikasi prezidenti Imomali Rahmon bilan uchrashdi. Prezidentlar Dushanbe va Tursunzoda shaharlarida qator obektlarga tashrif buyurdi.
 
Shavkat Mirziyoyev 28 sentabr kuni Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi Davlat rahbarlari kengashi majlisida ishtirok etdi. 

O‘zbekiston delegatsiyasi Toshkentga jo‘nab ketdi. Dushanbe xalqaro aeroportida davlat rahbarini Tojikiston Respublikasi bosh vaziri Qohir Rasulzoda kuzatib qo‘ydi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid